Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda «Kreativ park» ishga tushdi

Buxoroda  «Kreativ park» ishga tushdi

Foto: Xabar.uz

Buxoroda ilk bor bolalar uchun «Kreativ park» ishga tushdi, deya ma’lum qildi «Xabar.uz» muxbiri.

 Buxoro shahridagi «Shirbudin» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan «Suvchilar bog‘i» hududida IT, reklama, kino, arxitektura, dizayn, marketing, hunarmandchilik, rassomchilik kabi yo‘nalishlarda yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Kreativ park» ishga tushirildi.

«Mazkur «Kreativ park»da animatsiya darslar, seminar trening va amaliy mashg‘ulotlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish imkoni mavjud. Shuningdek parkdan ko‘rgazmalar uchun maydonlar, vorkaut, bolalar maydonchasi, ayvonli o‘rindiq (besedka) hamda sun’iy qoplamali futbol maydonchasini o‘z ichiga olgan. Bu maskanda ijodkor yoshlar, hunarmand va yosh rassomlarning kreativ qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan»,-dedi Buxoro shahar hokimligi axborot xizmati rahbari.

Bildirilishicha, «Kreativ park» pudratchi «Bukhara building» MChJ usta-muhandislari tomonidan 2,3 milliard so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring