Davlat korxonalarida boshqaruv xodimlari 10 foizgacha qisqartiriladi
Davlat korxonalarida boshqaruv apparati optimallashtirilib, ortiqcha lavozimlar qisqartiriladi. Bu borada Prezidentning «Davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi qabul qilindi.
Shuningdek, hujjatga muvofiq, davlat korxonalari Prezident qaror va topshiriqlaridan tashqari hollarda homiylik yordamlarini ko‘rsatishni to‘xtatadi.
Shu bilan birga, 2026-yilda davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarda mahsulot tannarxini kamaytirish va faoliyati samaradorligini oshirish etib belgilandi.
Davlat korxonalarida mahsulot tannarxini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilandi, jumladan:
- xarajatlarni har chorakda qayta tahlil qilish (spending review) orqali kelgusi davrdagi har bir yo‘nalish ustuvorligidan kelib chiqib, budjetni to‘liq «noldan» qayta ko‘rib chiqish;
- tejamkor ishlab chiqarish va me’yorlash tamoyillarini joriy etish.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter