Dekabr oyi uchun «palov indeksi» e’lon qilindi
Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yil dekabr oyi uchun bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 1 kilo palov hududlarda:
- Qoraqalpog‘iston R. – 97 727 so‘m;
- Andijon viloyati – 105 336 so‘m;
- Buxoro viloyati – 107 175 so‘m;
- Jizzax viloyati – 109 017 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 111 093 so‘m;
- Navoiy viloyati – 109 169 so‘m;
- Namangan viloyati – 108 030 so‘m;
- Samarqand viloyati – 112 222 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 111 002 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 103 696 so‘m;
- Toshkent viloyati – 111 857 so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 114 890 so‘m;
- Xorazm viloyati – 106 527 so‘m;
- Toshkent shahri – 115 491 so‘m;
Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:
- kungaboqar yog‘i – 0,3 l;
- piyoz – 300 gr;
- mol go‘shti – 700 gr;
- sabzi – 1 kg;
- guruch – 1 kg;
- no‘xat – 100 gr;
- zira – 10 gr;
- osh tuzi – 20 gr.
Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter