Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dori operatsiyasi: Toshkent va Buxoroda tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Dori operatsiyasi: Toshkent va Buxoroda tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Foto: Prokuratura departamenti.

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi xodimlari tomonidan  tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda “M.F.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi S.A. fuqaro M.K.ga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 10 quti “Omnadren 250” nomli dori vositasini 7 mln so‘mga shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Bektemir tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan X.U.ning “Sohil” MFY hududidagi xonadonidan 65 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Peshku tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.B.” MChJ rahbari B.F. (muqaddam sudlangan) MChJ dorixonasida fuqaro A.Sh.ga 2 quti “Gabaten” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan 6 dona “Sikladol Grindeks” nomli dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring