Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng qimmat va arzon shaharlari (reyting)

Dunyoning eng qimmat va arzon shaharlari (reyting)

Foto: «Etour.ua»

«UBS» bank va investitsiyalar kompaniyasi dunyoning yashash uchun eng qimmat va arzon yirik shaharlari reytingini tuzdi. Indeks ko‘rsatkichi 100 ga teng Nyu-York shahridagi narx-navolar etalon sifatida qabul qilindi.

Ro‘yxatga jami 77 ta shahar kiritildi. Narxlarni tahlil qilish uchun kompaniya uch kishidan iborat o‘rtahol Yevropa oilasi foydalanadigan 128 xil tovar va xizmatlardan iborat standart iste’mol savatini tuzdi. Mamlakatlar o‘rtasidagi iste’mol talablari va tovarlari o‘rtasidagi tafovutlar ham inobatga olindi.

Eng qimmat shaharlar (TOP-10):

  1. Syurix (Shveysariya) — 116,8
  2. Jeneva (Shveysariya) — 113,4
  3. Oslo (Norvegiya) — 107,8
  4. Kopengagen (Daniya) — 106,1
  5. Nyu-York (AQSh) — 100
  6. Tokio (Yaponiya) — 99,5
  7. Milan (Italiya) — 95,4
  8. London (Buyuk Britaniya) — 92,9
  9. Chikago (AQSh) — 92,7
  10. Xelsinki (Finlyandiya) — 91,8.

Eng arzon shaharlar (TOP-10):

  1. Qohira (Misr) — 34,6
  2. Lagos (Nigeriya) — 40,6
  3. Kiyev (Ukraina) — 44,0
  4. Manila (Filippin) — 45,2
  5. Nyu-Deli (Hindiston) — 46,0
  6. Mumbay (Hindiston) — 46,6
  7. Xanoy (Vetnam) — 47,2
  8. Sofiya (Bolgariya) — 50,7
  9. Mexiko (Meksika) — 51,0
  10. Nayrobi (Keniya) — 52,7.

O‘ziga xos bu reyting orqali, shuningdek Seul (88,3), Tallin (70,2), Pekin (65,1), Sankt-Peterburg (62,6), Moskva (61,6), Riga (57,7), Istanbul (52,7) kabi shaharlardagi narx-navodagi farqlarni bilib olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring