Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng chiroyli daryolari (foto)

Dunyoning eng chiroyli daryolari (foto)

Foto: «Bigpicture»

Daryolar ko‘p: uzun, qisqa, sersuv, mavsumiy, tiniq, loyqa,... Ammo ularni nima umumlashtirib turadi? Topdingiz, go‘zal va betakror manzaralar. Fotosayohatimiz dunyoning eng chiroyli daryolariga, sizningcha, qaysi biri chiroyli?

Kolumbiya tabiatining durdonasi Kano Kristales yoki Kamalak daryosi Makarena tog‘ tizmalari janubidan boshlanib, sharqqa, Guayabero daryosiga tutashuvchi manzil tomon oqadi. Kamalak daryosi nomiga mos, unga boqing: sariq, havorang, yashil, qora va qizil ranglar jilosi ko‘zingizni qamashtiradi.


Sayyoramizning eng sersuv daryosi Amazonka. Bosh-oxiri yo‘q bu «suv labirintlari»dan chiqib ketish osonmas.


Missuri — AQShni sug‘oruvchi asosiy daryolardan biri. Shimoliy Dakota shtati hududida Missuriga mashhur Yurak daryosi (Heart River) kelib qo‘shiladi, nima uchun bunday nom olganini surat ham aytib turibdi.


Argentina va Chili bo‘ylab oquvchi Futaleufu daryosining feruza suvlari butun dunyodan raftingchilar (tog‘ daryolarida shishirilgan qayiqlarda suzuvchilar) va baydarkachilarni o‘ziga chorlaydi.


Lena — Shimoli-Sharqiy Sibirdagi eng yirik daryo. Daryo sohillarida tabiat mo‘’jizasi — Lena ustunlari yoki Tosh o‘rmon joylashgan.


Buyuk va ajoyib Volga.


Zambezi daryosining betakror kaskadlarini tomosha qilish uchun har yili ikki million kishi keladi.


Maftunkor Dunay daryosi Yevropaning 10 ta mamlakati bo‘ylab oqadi.


Arizonadagi «Taqa» (Horseshoe Bend)ning dong‘i butun dunyoga ketgan. Kolorado daryosi Glen kanonida joylashgan milliy dam olish zonasi hududida qoyasimon jinslarni aylanib o‘tib, taqasimon meandrani hosil qilgan.


Xitoyning go‘zal Yanszi daryosi Xitoyni shartli ravishda shimol va janubga ajratib turadi.


O‘zimiznikiga nima yetsin?! Chirchiq daryosi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring