Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi navbat tuberkulyozgami?

Endi navbat tuberkulyozgami?

Foto: «Wikipedia»

Koronavirus pandemiyasi ortidan dunyo bo‘ylab qo‘yilgan cheklovlar sababli keyingi yillarda millionlab insonlar sil kasalligi (tuberkulyoz)ni orttirib olishlari mumkin, deyiladi CNBC xabarida.

«Stop TB Partnership» hisobotiga ko‘ra, 2020-2025-yillar oralig‘ida, tashxis va yetarlicha davolanish olmagani uchun, qo‘shimcha 6,3 mln. kishi sil kasalligini orttirib olishi mumkin. Va eng dahshatlisi, shundan 1,4 mln.tasi o‘limga olib keladi.

London imperiya kolleji, Avenir Health, Jon Hopkins universiteti hamda AQSh Xalqaro rivojlanish agentligi birgalikda o‘tkazgan tadqiqot uch oylik izolyasiya va undan keyingi 10 oylik tiklanish davrini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotda koronavirus infeksiyasi keng tarqagan mamlakatlardan uchtasi — Hindiston, Keniya va Ukraina ma’lumotlari olinib, butun dunyo uchun o‘rtacha ko‘rsatkichlar chiqarildi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, tuberkulyoz «o‘lim keltiruvchi eng yuqumli kasallik» bo‘lib, har yili 10 mln. kishi uni yuqtirib oladi va bir yilda o‘lim holatlari 1,5 mln.tani tashkil etadi. Silni bakteriya qo‘zg‘aydi, u o‘pka kasalligi. Kasallikni antibiotiklar yordamida davolash mumkinligi, samarali muolaja vositalari borligi nazarda tutilsa, unga qarshi kurashishning eng yaxshi yo‘li sifatida imkon qadar ko‘proq insonlarni tekshirib, test olish taklif etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring