Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YXHT vakili Rossiyada «Telegram»ning bloklanishini «so‘z erkinligini cheklash» deb atadi

YXHT vakili Rossiyada «Telegram»ning bloklanishini «so‘z erkinligini cheklash» deb atadi

Foto:«vladtime.ru»

Bugun, 14-aprel kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti(YXHT)ning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha  vakili Arlem Dezir Rossiyada «Telegram» messenjerining bloklanishini «erkin fikrlarni chegaralash» deb atadi. Bu haqda «Segodnya.ua»  sayti xabar berdi. 

«Telegram»ning bloklanishi chuqur tashvishga solmoqda, chunki bu internet vositachilarining so‘z erkinligi huquqini amalga oshirishga ko‘maklashishiga to‘sqinlik qiladi. So‘nggi yillarda «Telegram» turli ommaviy axborot vositalari axborot tarqatishi uchun muhim tarmoqqa aylandi. Men Rossiya hukumatini mazkur qarorni qayta ko‘rib chiqishga chaqiraman» , –  degan Dezir.

Kecha, 13-aprel kuni sud «Telegram» messenjerini Rossiya hududida bloklash haqida hukm chiqargandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring