Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada 3,5 mln dollarni Qirg‘izistonga olib o‘tmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi (video)

Farg‘onada 3,5 mln dollarni Qirg‘izistonga olib o‘tmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi (video)

Foto:Skrinshot

Farg‘onada DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan  tadbir davomida Farg‘ona - Yuqori Vodil yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan «Neksiya»  avtomobili Vodil yo‘lining «Novket»  MFY hududida to‘xtatilgan va uning isitish moslamasi ichida 23 ta o‘ramda AQSh dollari borligi aniqlangan. Bu haqda «O‘zbekiston 24»  telekanalida efirga uzatilgan lavhada xabar berilmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu pullar mazkur mashinada ketayotgan A.M.ga tegishli bo‘lgan. «Neksiya»  avtomashinasi egasi, Vodil qishlog‘ida yashovchi A.D.ning aytishicha, u 50 dollar evaziga A.M.ni Qo‘qon shahriga olib borib, ushbu valyutalarni olib kelgan.

Keyinchalik o‘tkazilgan surishtiruvda A.D.ning yashash xonadonidan ham 24 ta o‘ramda bo‘lgan AQSh dollarlari olingan. A.M. ushbu valyutalarni Qo‘qon shahrida O‘.X.dan olganligi aytgan va u ham qo‘lga olingan.

Noqonuniy pullarning umumiy miqdori 1 mln 763 ming dollarni tashkil qilgan.

Yana bir holat. Qirg‘izistonda tug‘ilib o‘sgan va hozirda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi 56 yoshli A.Yo.ning avtomashinasi ham ko‘zdan kechirilganda, 35 dona o‘ram topildi. Ular ochib tekshirilganda 1 mln 771 ming 650 AQSh dollari borligi ma’lum bo‘ldi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring