Farg‘onadagi zapravkada yarim milliardlik gaz o‘g‘irlandi

Uchko‘prik tumanida 597,2 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda “Sh.o.” MChJ mas’ul shaxslari avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasiga o‘rnatilgan gaz hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, tijorat maqsadida 331,7 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 597,2 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter