Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onadagi zapravkada yarim milliardlik gaz o‘g‘irlandi

Farg‘onadagi zapravkada yarim milliardlik gaz o‘g‘irlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Uchko‘prik tumanida 597,2 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “Sh.o.” MChJ mas’ul shaxslari avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasiga o‘rnatilgan gaz hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, tijorat maqsadida 331,7 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 597,2 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring