Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Firibgarlikda ayblangan ayol O‘zbekistonga keltirildi

Firibgarlikda ayblangan ayol O‘zbekistonga keltirildi

Foto: Istanbul konsulxonasi.

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan Mullayeva Shaxista Rajapovna O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi elchixonasi xabar berdi. 

Ushbu shaxsning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilish so‘raladi. 

Shu bilan bir qatorda, soliq yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan va bojxona qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 2 nafar shaxs (X.Barotov va S.Xolov) ham qo‘lga olinib, O‘zbekiston tergov organlariga topshirildi, deyiladi xabarda.

Avvalroq, odam savdosida ayblangan "Sonya" ismli shaxs Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring