Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fuqarolar yig‘inlari xodimlariga sanatoriylarga bepul yo‘llanma beriladi

Fuqarolar yig‘inlari xodimlariga sanatoriylarga bepul yo‘llanma beriladi

Hukumat qarori bilan Fuqarolar yig‘inlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, fuqarolar yig‘inlari faoliyati samaradorligi yarim yillik va yil yakuni bo‘yicha baholanadi.

Baholash tuman (shahar) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.

Baholash ko‘rsatkichlaridan biri tegishli hududda yashovchi fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish hisoblanadi.

Baholash natijalariga ko‘ra fuqarolar yig‘inlari xodimlari va jamoatchilik asosida mehnat qilayotgan shaxslarning har biriga:

- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,75 baravarigacha pul mablag‘lari ajratiladi;

- respublika hududidagi sanatoriylardan biriga sog‘ligini tiklash uchun bir marotabalik bepul yo‘llanma beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring