Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gagarinni eslab. Britaniya qirollik oilasini hayratga solgan fazogir

Gagarinni eslab. Britaniya qirollik oilasini hayratga solgan fazogir

Foto: Facebook / Maslahat.uz

Bugun, 12-aprel kuni Yuriy Gagarinni eslamasdan ilojimiz yo‘q. Shu kuni odamzot ilk marta fazoni zabt etgan. Gagarin kosmosga uchib, Yer sharini aylanib chiqqan.

Mashhur shaxslar bilan bog‘liq qiziqarli voqealar ham uchrab turadi. Quyida Gagarin bilan bog‘liq antiqa voqeani eslab o‘tamiz.

Kunlardan bir kun Buyuk Britaniya qirolichasi tomonidan tashkillashtirilgan ziyofat chog‘ida Gagaringa limon choy olib kelishadi. Yuriy choyni ichgach, qoshiqchasi bilan limonni olib, uni yeydi. Atrofdagilar shok holatiga tushishadi.

Negaki, bu holat protokolga mutlaqo zid edi. Ammo qirolicha ham bamaylixotir o‘z limonini olib, uni yeydi. Bu ko‘pchilikka ma’qul keladi va ular ham bu harakatni takrorlashadi.

Qirollik saroyida hozir ham limonni choydan olib, bemalol yeyish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring