Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Germaniyalik Ahmadboy» — shayxlardek yashayotgan qochoq

«Germaniyalik Ahmadboy» — shayxlardek yashayotgan qochoq

Foto: «Bild.de»

«Guidograndt.de» yozishicha, suriyalik qochoq Ahmad A., nemis mezonlari bilan o‘lchanganda, hozir shayxlardek yashayapti — besh xonali kvartira, ikkita vannaxona. Faqat oshxona sal tor bo‘lib qoladi shekilli, chunki Ahmad yaqinda Germaniyaga olti nafar farzandi va ikki nafar xotinini ham ko‘chirib keldi...

Mana shu ko‘p bolali oila asosan davlat beradigan pullarga kun ko‘ryapti. Ularga bepul uy ajratishdi, tekinga til o‘rgatishadi va ishga joylab qo‘yishadi. Ammo suriyalik ishga chiqishga shoshilayotgani yo‘q, marhamatini darig‘ tutmagan kansler Angela Merkelni esa maqtagani maqtagan.

Shunchalikki, Ahmad yulduzga aylanib ketdi, bu yoqda esa nemislar chiroyli uyda va xavfsizlikda yashash bir umrlik orzusi bo‘lgan 32 yoshli bu suriyalikni ijtimoiy tarmoqlarda  faol muhokama qilishni boshlab yuborishdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Ahmad Suriyada malakali ishchi bo‘lmagan, ta’lim olmagan. Ayollaridan biri unga tekkanida 13 yoshda bo‘lgan, bu Germaniya qonunlariga ziddir. Kamiga Ahmad yana ikkita xotin olib, ulardan to‘rt nafar farzand ko‘rmoqchi.

Nemis jamiyati mana nimadan darg‘azab...

Darvoqe, Ahmadning oilasini boqish Germaniyaga har oyda 7 ming yevroga tushyapti. «Ahmadboy»ning mavqeiga erishish uchun oddiy nemis 70 yil mustaqil mehnat qilishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring