Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haj uchun to‘lov, tanasidan igna topilgan chaqaloq bo‘yicha yopilgan jinoyat ishi, Qirg‘iziston chegarasidagi noxush voqea, «Uzbek Tigers» g‘alabasi, Germaniyada terakt va boshqa xabarlar

Haj uchun to‘lov, tanasidan igna topilgan chaqaloq bo‘yicha yopilgan jinoyat ishi, Qirg‘iziston chegarasidagi noxush voqea, «Uzbek Tigers» g‘alabasi, Germaniyada terakt va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 7-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

O‘zbekiston chegarachilari Qirg‘iziston fuqarosini otib qo‘yishdi

Ayni paytda Qirg‘iziston va O‘zbekiston tomoni vakillari ushbu holatga aniqlik kiritib olish harakatlarini boshlab yuborishdi.

Chegarada otilgan Qirg‘iziston fuqarosi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi

«Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, aslida voqea sal boshqacharoq bo‘lgan. Qirg‘iziston fuqarosi F.M. dastlab O‘zbekiston hududida edi.

Qirg‘iziston TIV chegaradagi holat bo‘yicha O‘zbekistonga nota yo‘lladi

O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi favqulodda va muxtor elchisi K.Rashidov Qirg‘iziston TIVga chaqirildi. Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari N.Abdurahmonov elchini hodisadan xabardor qildi.

Jamiyat

Va’daga vafo: qidiruvdagi ikki fuqaro oilasiga qaytdi

Kecha viloyat hokimiyatida yana katta yig‘ilish bo‘ldi. Yana viloyat rahbari, viloyat prokurori, viloyat DXX rahbari, sud raisi, IIB boshlig‘i va boshqa rahbarlar so‘zga chiqib, yana bir marta chetda yurgan vatandoshlarimizni yurtga da’vat qilishdi.

Tanasidan ignalar topilgan chaqaloq bo‘yicha jinoyat ishi yopildi. Aslida nimalar bo‘lgandi?

Shu bilan mazkur holat unut bo‘lgandek edi go‘yo. Chaqaloq uyiga sog‘ holatda qaytganining o‘zi barchasini unutishga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin tanganing boshqa tomoni ham bor. Igna va sim bo‘laklari go‘dak tanasiga qanday kirib qolgani haqida hech kim so‘nggi ma’lumotni bermadi.

2018-yil uchun Haj ziyorati narxi belgilandi

Ziyoratchilarimizga muqaddas shaharlarda joylashgan eng zamonaviy hamda barcha sharoitlarga ega bo‘lgan mehmonxonalar xizmat ko‘rsatadi. Ziyoratchilar nafaqat mehmonxonalarda balki, Mino-Muzdalifa-Arafot vodiylarida ham uch mahal issiq ovqat, 24 soat issiq choy va tibbiy xizmat bilan ta’minlanadilar.

Farg‘onada ayrim banklarning mutasaddilariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Yuqorida tilga olingan banklarning viloyat filiallari yoki Markaziy bankning Farg‘ona viloyat bosh boshqarmasi tomonidan joylarda kreditlarning maqsadli sarflanishi yuzasidan to‘laqonli monitoring olib borilganida yuqoridagi kabi noxush holatlarga yo‘l qo‘yilmasdi. 

Andijonda bog‘cha mudirasi, bosh oshpazi, ombor mudiri ishdan bo‘shatildi (video)

2018-yilning 2-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Bog‘chada tushlik kechikdi — bolalar och uxlab qoldi» mavzusidagi videomaterial ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi rahbari hayotdan ko‘z yumdi

B.Pirmatov ma’lum vaqt «Yoshlar» teleradiokanali «Davr» informatsion dasturining viloyatdagi muxbiri sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U so‘nggi uch yildan buyon viloyat teleradiokompaniyasini boshqarib kelayotgan edi.

Toshkentda tirbandlik ko‘p kuzatiladigan yana bir chorraha ochib yuboriladi

Hozirgi kunda Toshkent halqa avtomobil yo‘li — Zargarlik — Hamid Nug‘mon ko‘chalari chorrahasida tirbandlik holatlari ko‘p kuzatilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo qarshi

Joriy yilning 14-mart kuni Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktabning o‘qituvchisi Diana Yenikeyeva bilan sodir bo‘lgan ayanchli holat yuzasidan Xalq ta’limi vazirligida yig‘ilish o‘tkazilgan. Yuqoridagi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mahalliy hokimlik bilan birgalikda olib boriladigan ishlar belgilab olingan.

Samarqandda «soxta kapitan» ushlandi (foto)

«Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi viloyat IIB axborotida.

Xususiy bog‘chalarni qurish uchun yer uchastkalari tekin beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 5-aprel kuni  «Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, nodavlat bog‘chalarni qurish uchun tekinga yer uchastkalari taqdim etiladi.

Diana Yenikeyeva fojiasi ortidan Kattaqo‘rg‘on tumani XTB mudiri, 42-maktab direktori ishdan bo‘shatilgan

Fuqaro Komil Jalilov fojiaviy halok bo‘lgan kattaqo‘rg‘onlik 23 yashar o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning o‘limi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga murojaat qilgan. U mazkur murojaatiga Samarqand viloyati prokuraturasidan berilgan javobni «Facebook»dagi «Xalq bilan muloqot» guruhida e’lon qildi.

Ta’lim

Toshkentda Sejong universiteti filiali ochiladi

Sentyabrdan Toshkentda yana bir Janubiy Koreya universiteti filiali ish boshlaydi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Akademik litseylarning boshqa hududlardan kelgan o‘quvchilari uch mahal imtiyozli ovqatlantiriladi

Ijara asosida yashaydigan o‘quvchilar ularning ota-onalari murojaatlariga asosan faqat bir mahal, ya’ni tushlik ovqatlanishdan foydalanishlari ham mumkin. Bunda bir oyga to‘lov eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida bo‘ladi.

Madaniyat

Eksklyuziv: Dilso‘z bilan duet aytgan Sinan O‘zen O‘zbekistonda! (video)

O‘zbekiston va Turkiya san’ati yangi-yangi rishtalar bilan ulanmoqda. Turkiyalik mashhur san’atkor Sinan O‘zen yurtimizga o‘ziga xos loyiha bilan tashrif buyurdi. Ammo qanday loyiha ekanligini sir tutmoqda.

Sport

«Boshqaruvga loyiq emas» — «So‘g‘diyona» bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

Qo‘shimcha qilinishicha, «So‘g‘diyona» klubida moliyaviy tomondan hech qanday muammo yo‘q. Murabbiylar shtabi va barcha futbolchilarning oylik ish haqlari o‘z vaqtida berib borilmoqda.

«Lokomotiv» futbolchisi Ikrom Aliboyev 4 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

Mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan uchrashuvning hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarida har ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

«Paxtakor»ni mag‘lub etgan «Buxoro» yana katta miqdorda jarimaga tortildi

«Buxoro» — «Paxtakor» o‘yini uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislar avvaliga uchrashuvni boshqarib borayotgan hakamni, keyinroq esa «Paxtakor» futbol klubini haqoratli so‘zlar bilan ommaviy ravishda yerga urdi»

Dangasa Messi. U hammadan kam yuguradi

Messi maydonda harakatlanadigan futbolchilar orasida faqatgina «Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Erik Bayidan ko‘proq yugurgan. Fransiyalik himoyachining o‘rtacha ko‘rsatkichi daqiqasiga 88,2 metrni tashkil etadi.

S1 guruhi: «Uzbek Tigers» Venesuela jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Termiz shahridagi «Alpomish» sport saroyida Butunjahon boks seriyasining sakkizinchi mavsumida ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» Venesuelaning «Venesuela Caciques» jamoasiga qarshi bahs olib bormoqda.

Dunyo

Dunyodagi eng qimmat dori necha pul?

Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, bitta ko‘zni «Luxturna» bilan davolash 425 ming dollarga tushadi va bu Amerika oziq-ovqat va dorivor vositalar sifatini nazorat qilish ma’muriyati gen terapiyasi uchun bergan birinchi ruxsatnomadir.

Saudiya Arabistoni Qatarni o‘zidan «uzib» qo‘ymoqchi

Kanalning uzunligi 60 kilometr bo‘ladi. Kanal Saudiya Arabistoni qirg‘oqlari uzluksizligini ta’minlab, savdo va turizmni rivojlantirishga yordam beradi.

Germaniyada yo‘lovchilar ustiga furgon haydaldi, qurbonlar bor

Politsiyaning dastlabki axborotiga ko‘ra, qariyb 30 kishi jarohatlangan. Qurbonlarning aniq soni haqida hali ma’lumot berilmagan.

Germaniyada yuz bergan hodisa terakt sifatida baholanmoqda (video)

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 50dan ortiq inson jarohatlangan.

Tavsiya qilamiz

Qorin iqtisodiyoti

Yaqin jo‘ramiz to‘y qilayotgan edi. Iqtisodchi o‘rtog‘im Mirg‘ani bilan to‘yxonaga yo‘l oldik. Mirg‘ani qurg‘ur zo‘r iqtisodchi. Ammo juda ezma, hamma narsani hisob-kitob qilaverib, miyangizni qoqib qo‘lingizga beradi.

Ekstremistik oqimning «qo‘lbola» a’zolari

Zuvalasi zulm loyiga qorilgan «jinoyat ishi»ni bayon qilib o‘tirmadik, zero, qilmishlarini «...dastlab o‘z oila a’zolari, yaqin qarindoshlarini islom diniga kiritib(?!)... o‘tkazilayotgan to‘ylar, har xil marosimlarni bid’at hisoblab(!), asrlar davomida shakllanib kelgan urf-odatlarimizni pisand qilmay... ayollarini hijobda yurishga majbur qilib... to‘ylarda aroq ichmaslik...»ka da’vat qilishdan «boshlagan» sho‘rliklarning «jihodchiga» aylanmasligi tabiiydek go‘yo...

Amir Temur tug‘ilganida... o‘zga sayyoraliklar kelganmi?

«XXI asr» gazetasida «Amir Temur tug‘ilganida... o‘zga sayyoraliklar kelganmi?» nomli qiziqarli maqola e’lon qilindi. Muallif — Farrux Jabborov tarixiy manbalar yordamida ulug‘ bobomizning tug‘ilishi bilan bog‘liq afsona va rivoyatlarning nechog‘li haqiqatga mos ekanini aniqlashga urinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring