Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga nechta konditsioner to‘g‘ri keladi?

O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga nechta konditsioner to‘g‘ri keladi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligi hisobiga o‘rtacha 67 ta konditsioner to‘g‘ri kelgan.

Mamlakatda maishiy sovitish texnikalari bilan ta’minlanish darajasi so‘nggi 15 yilda sezilarli oshgan. Xususan, 2010-yilda har 100 ta xonadonga 19 ta konditsioner to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich qariyb 3,5 barobarga ko‘paygan.

Rasmiy raqamlarga ko‘ra, 2015-yilda har 100 ta uy xo‘jaligiga 32 ta konditsioner to‘g‘ri kelgan. 2020-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 40 taga yetgan.

Keyingi besh yilda o‘sish sur’ati yanada tezlashib, 2025-yilda o‘rtacha ko‘rsatkich 67 taga chiqqan. Bu davrda konditsionerlar soni 27 taga oshgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring