Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Harorat 31 darajagacha ko‘tariladi — «O‘zgidromet»

Harorat 31 darajagacha ko‘tariladi — «O‘zgidromet»

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zgidromet» 19—21 aprel kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 19—20 aprelda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 19—20 aprelda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 19 aprelda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja, 20—21 aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 19 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20—21 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 19 aprelda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja, 20—21 aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 19 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20—21 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 19 aprelda 23-28 daraja, 20—21 aprelda 24-29 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 19 aprelda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja, 20—21 aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring