Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV farg‘onalik 5 yoshli qizchaning o‘limi haqidagi xabarlarga raddiya berdi

IIV farg‘onalik 5 yoshli qizchaning o‘limi haqidagi xabarlarga raddiya berdi

Foto: «Uznews.uz»

Joriy yilning 9-fevral kuni Internet tarmog‘ida farg‘onalik besh yoshli qizchaning o‘limi to‘g‘risida «Осторожно! Узбекистане появилась новая банда, ворующая детей на органы» mazmundagi tarqalgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasining xabariga ko‘ra, mazkur xabar asossiz bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida yosh bolalarni o‘g‘rilayotgan jinoiy guruhlar yo‘qligi, farg‘onalik qizchaning esa barcha ichki a’zolari mavjud, olib qo‘yish yoki transplantatsiya holatlari aniqlanmagan.

Hozir qizchaning o‘limi bilan bog‘liq holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring