Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki yo‘lakli tizim Samarqandda ham yo‘lga qo‘yildi

Ikki yo‘lakli tizim Samarqandda ham yo‘lga qo‘yildi

Foto: «Asr.uz»

1-yanvardan boshlab Samarqand xalqaro aeroportida bojxona hududiga kirib kelish va chiqishda «yashil» va «qizil» yo‘laklar tizimi joriy qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi saytida xabar berildi.

Bu tizim Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktabrda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegaralari orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori asosida yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu yo‘laklar fuqarolarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish sharoitlarining jahon standartlariga mosligini ta’minlash, bojxona rasmiyatchiligini soddalashtirish, nazoratning samarali usullarini qo‘llash va turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan.

Joriy etilgan ushbu yo‘lakning ilk yo‘lovchilari 2-yanvar kuni «Vnukovo — Samarqand» va «Samarqand — Vnukovo» aviareysi yo‘lovchilari bo‘ldi.

Eslatib o‘tish kerak, yangi yil arafasida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida ham ana shunday tizim ishga tushirilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring