Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Jabrlanuvchi men ekanim tasdiqlanib, qo‘yib yuborildim» — Jurnalist IIB xodimi bilan yuzaga kelgan holat haqida ma’lum qildi

«Jabrlanuvchi men ekanim tasdiqlanib, qo‘yib yuborildim» — Jurnalist IIB xodimi bilan yuzaga kelgan holat haqida ma’lum qildi

Human.uz xodimi Javohir Abdullayev (o‘ngda)

Bugun, 13 iyun soat 9:50 da Andijon shahar «Yangi bozor» savdo majmuasida IIB xodimi tomonidan shakar savdosini suratga olayotgan Human.uz xodimining xizmat telefoni tortib olingani xabar qilingan edi.

Jurnalist Javohir Abdullayev hodisa qanday bo‘lgani haqida yozib qoldirgan.

«Ahvolim yaxshi, telefonimni qaytarib oldim. IIV matbuot xizmati rahbari Sh. G‘iyosovning bayonotidan farqli ravishda, ayni vaziyatda jabrlanuvchi men ekanligim tasdiqlanib, qo‘yib yuborildim.

Vaziyatga befarq bo‘lmay, zudlik bilan matbuotda yoritgan barcha bloger va jurnalistlarga minnatdorchilik bildiraman.

Barcha jurnalist va blogerlar doimo shunday bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashini va qonunlar doimo ishlashini tilab qolaman», — deya yozib qoldirgan Human.uz xodimi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati chorak final bahsi vaqtida «Paxtakor» stadionidagi ichki ishlar organlari xodimlari «Sevimli» telekanali jurnalisti va operatorini ayovsiz kaltaklagani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring