Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentda «Media Siti» qurishni taklif qildi

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentda «Media Siti» qurishni taklif qildi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 29-iyun kuni Toshkent shahar hokimligi tomonidan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayramona kecha o‘tkazilmoqda. Tadbirda shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham ishtirok etmoqda.

Hokim jurnalistlar bilan muloqotda poytaxtda «Media Siti» qurishni taklif qildi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda. 

«Dubayda shunday joy bor. Bizda ham jurnalistlar, tahririyatlar, saytlar uchun alohida shaharcha bo‘lishini xohlayman», dedi u.

Shuningdek, qo‘shimcha qildi: «Bizni tanqid qilishmagan kuni xuddi ishlamayotgandek his qilaman o‘zimni».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring