Jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’molini taqiqlovchi belgilar namunalari tayyorlandi
SSVning tegishli buyruq loyihasi bilan jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanish taqiqlanganligi haqidagi ogohlantiruvchi belgilar, shuningdek, iste’mol va foydalanishga ruxsat etilgan maxsus ajratilgan joylar to‘g‘risida axborot beruvchi lavha, tibbiy ogohlantirishlar namunalarini tayyorlash va joylashtirish tartibini belgilovchi Nizom tasdiqlanishi mumkin.
Bunda tasarrufida (mulkida, egaligida, foydalanishida) jamoat joylarida joylashgan hududlar, binolar (xonalar), inshootlar va boshqa obektlar, shuningdek jamoat transporti bo‘lgan jismoniy shaxslar va (yoki) korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mas’ul shaxslari mazkur Nizomga muvofiq:
- jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishga, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanish taqiqlanganligi haqidagi ogohlantiruvchi belgilarni;
- tamaki mahsulotini iste’mol qilish, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanish uchun maxsus ajratilgan joylar haqida axborot beruvchi lavhalarni;
- tamaki mahsulotini iste’mol qilish, chilim chekish hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanish uchun maxsus ajratilgan joylarga o‘rnatiladigan tibbiy ogohlantirishlar namunalarini tayyorlaydi va joylashtiradi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan chakana savdo obektlari va umumiy ovqatlanish korxonalarida joylashtiriladigan:
- tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantiruvchi belgi namunasi;
- tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanish uchun maxsus ajratilgan joylar qayerdaligini xabardor qiluvchi lavha hamda bunday joylarda joylashtirilgan tibbiy ogohlantirishlar namunalari tasdiqlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter