Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi – Prezident

Kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi – Prezident

Joriy yilda 5 million aholi daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqdi, ilk bor 1 ming 435 ta mahalla «kambag‘allikdan xoli» hududga aylandi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, kambag‘al oilalarga mansub 168 ming nafar bola davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilindi. Bu yildan boshlab 208 ta bog‘chada birinchi marta inklyuziv ta’lim tizimi joriy etildi.

Mamlakatda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi.

«Bu ishlarni boshlaganimizda aholining uchdan bir qismi kambag‘allik chegarasida yashardi.

Kredit, subsidiya, kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimini yo‘lga qo‘yganimiz va bularni mahalladagi «yettilik»ning o‘ziga berganimiz natijasida 8,5 milliondan ziyod odam kambag‘allikdan chiqdi, ishsizlik 2 karra qisqardi.  

Natijada uch yil oldin kambag‘allikni 2026-yil yakuni bilan 2 karra qisqartirish bo‘yicha olgan marramizni shu yilning o‘zida uddaladik», – dedi Prezident Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring