Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kattaqo‘rg‘onda o‘ndan ziyod yangi inshoot foydalanishga topshirildi

Kattaqo‘rg‘onda o‘ndan ziyod yangi inshoot foydalanishga topshirildi

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yangidan qurilgan va kapital ta’mirlangan hamda rekonstruksiya qilingan o‘ndan ortiq inshoot foydalanishga topshirildi.

Kattaming qishlog‘ida qulay sharoitlarga ega, zamon talablariga mos qishloq 50 o‘rin qatnov quvvatiga ega oilaviy poliklinika, qayta ta’mirlangan mahalla markazi binosi, 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabi va «Kattaming» supermarketi hamda kapital ta’mirdan chiqqan, 100 o‘ringa mo‘ljallangan 4-son maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy ko‘rinishda qurilgan qishloq oilaviy poliklinikasida 50 dan ortiq  ishchi-xodim xizmat qiladi. Muassasa 1 ta «Damas» rusumli tez tibbiy yordam mashinasi bilan ta’minlangan.

«Obod qishloq» davlat dasturi bo‘yicha Qorakulcha mahallasiga qarashli Xudoyqulobod qishlog‘i ham obodonlashtirilib, yo‘llarga asfalt yotqizilgan. Bu qishloqdagi ilgari 240 o‘ringa mo‘ljallangan 89-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qayta ta’mirlandi va qo‘shimcha 180 o‘rinli yangi bino foydalanishga topshirildi. Shu bilan birga, qishloqda 100 o‘rinli, yangidan qurilgan maktabgacha ta’lim muassasasi, qayta ta’mirlangan qishloq oilaviy poliklinikasi hamda maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi»ga ko‘ra, shu kuni tumanning Jarboshi qishlog‘ida 10 ta arzon uy-joy ehtiyojmand va jismoniy imkoniyati cheklangan oilalarga topshirildi.

Tadbirlar davomida Qirg‘iz qishlog‘ida qayta qurilgan 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yangi binosining ham ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 2 milliard 400 million so‘m mablag‘ asosida 460 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan muassasa qo‘shimcha yangi o‘quv jihozlari bilan ham ta’minlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring