Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ohangaronda qo‘ylarni o‘g‘irlagan kollej o‘quvchilari ushlandi

Ohangaronda qo‘ylarni o‘g‘irlagan kollej o‘quvchilari ushlandi

Foto:«Uza.uz»

2019-yil 8-fevral kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida yashovchi Y.I. IIBga murojaat qilib, noma’lum shaxslar qo‘yxonasidan 4 bosh qo‘ylarini o‘g‘irlab ketganliklarini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

Qidiruvlar natijasida ushbu jinoyatni Ohangaron agro iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘quvchisi X.X. va Toshkent yuridik kolleji o‘quvchisi M.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV oldinroq Toshkentda pista qadoqlash sexi yongan xususida xabar bergandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring