Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari «o‘z egalari»ga yetib bormadi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari «o‘z egalari»ga yetib bormadi

Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. va boshqalar fuqaro A.ga 15 dona «Tropikamid» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonida bo‘lgan 41 dona «Tropikamid», 22 dona «Regapen», 18 dona «Selofen» va 17 dona «Zardeks» nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda,  fuqaro N.Q. fuqaro B.ga 4 dona «Regapen» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 100 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonida bo‘lgan 111 dona «Zardeks», 27 dona «Regapen», 11 dona «Selofen» va 8 dona «Tropikamid» nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring