Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuzning ilk haftasida momaqaldiroq bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Kuzning ilk haftasida momaqaldiroq bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya markazi 2-5-sentyabr uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 2 va 5-sentyabr kechasi 12-17, 3-4- sentyabrda 15-20, 2-3-sentyabr kunduzi 27-32, 4-5-sentyabrda 23-28 bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-4-sentyabrda 12-17, 5-sentyabrda 8-13, kunduzi 2-sentyabrda 25-30 daraja issiq, 3-5-sentyabrda esa 20-25 darajagacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2 va 5- sentyabrda 12-17, 3-4-sentyabrda 15-20, kunduzi 2-3-sentyabrda 28-33 daraja issiq bo‘ladi. 4-5- sentyabrda 23-28 darajagacha pasayadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2 va 5-sentyabrda 12-17, 3-4 sentyabrda 15-20, kunduzi 2-3-sentyabrda 27-32, 4-5-sentyabrda 23-28 bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-sentyabrda 13-18, 3-5 sentyabrda 15-20, kunduzi 2-3 sentyabrda 30-35, 4-5-sentyabrda 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi, 3-5-sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-3 sentyabrda 13-18, 4-5 sentyabrda 15-20, kunduzi 2-3-sentyabrda 25-30, 4-5 sentyabrda 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 2-3 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat kechasi 2 sentyabrda 10-15, 3-5 sentyabrda 8-13, kunduzi 2-3 sentyabrda 17-22, 4-5 sentyabrda 15-20 daraja issiq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring