Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalliy hokimliklar 400 ga yaqin hujjatlarini XDFU grifi bilan asossiz yashirgan – Aksilkorrupsiya

Mahalliy hokimliklar 400 ga yaqin hujjatlarini XDFU grifi bilan asossiz yashirgan – Aksilkorrupsiya

Viloyat, tuman va shahar hokimliklari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida jami 1 907 ta qaror va farmoyish «yashiringan» yoki «xizmat doirasida foydalanish uchun» (XDFU grifi bilan) qabul qilingan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining dastlabki o‘rganishlarida mazkur hujjatlarning 386 tasi asossiz ravishda yashirilgani ma’lum bo‘ldi.

Yashirilgan qarorlarning 68 tasi tashkiliy tuzilmani tasdiqlash, 46 tasi mablag‘ ajratish, 34 tasi rag‘batlantirish, 156 tasi lavozimga tayinlash hamda 82 tasi boshqa masalalarga oid hujjatlardan iborat.

Ochiqlanmagan hujjatlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Farg‘ona (67 ta, 44 foiz), Xorazm (32 ta, 39 foiz), Buxoro (58 ta, 37 foiz), Qashqadaryo (41 ta, 26 foiz) va Samarqand (38 ta, 15 foiz) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Agentlik tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklariga asossiz yashirilgan 68 ta qaror va farmoyishlarni ochiqlash va mazkur  qonunbuzilishlarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli chora ko‘rish yuzasidan  taqdimnomalar kiritildi.

Hozirda asossiz deb topilgan qolgan hujjatlar bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilib, natijalariga ko‘ra har bir qaror va farmoyishga nisbatan belgilangan tartibda huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilishi ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring