Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

29-mart. Birinchi gazeta, muzlagan Niagara, «Сoсa-Сola» sotuvda, mayya yozuvi siri va boshqa muhim voqealar   

29-mart. Birinchi gazeta, muzlagan Niagara, «Сoсa-Сola» sotuvda, mayya yozuvi siri va boshqa muhim voqealar    

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Qahramonlar xotirasi kuni (Madagaskar).
  • Yuridik xizmat mutaxassisi kuni (Rossiya).
  • Yoshlar kuni (Xitoy).
  • Boganda kuni (MAR). Bartelemi Boganda — Markaziy Afrika Respublikasi mustaqilligi uchun kurash yetakchilaridan biri.

Voqea-hodisalar

  • 168-yil (mil. avv.) — Birinchi gazeta (Rim, e’lonlar taxtasi). 
  • 1461-yil — Tauton jangi. Angliyadagi Qizil va Oq atirgullar urushidagi eng qonli jang.
  • 1638-yil — shved lyuteranlari yevropaliklardan birinchi bo‘lib Delaver (Amerika)da doimiy yashash uchun maskan qurishdi.
  • 1778-yil — ingliz kapitani Jeyms Kuk Vankuver oroliga qadam qo‘ygan birinchi yevropalik bo‘ldi.
  • 1795-yil — nemis kompozitori Lyudvig van Betxoven Venada ilk konsertini berdi.
  • 1848-yil — Niagara sharsharasi 30 soatdan ortiq vaqt to‘xtab qoldi. Chunki Niagara daryosi muzlab qolgandi.
  • 1867-yil — Angliyada Shimoliy Amerikada Kanadaga asos solish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
  • 1873-yil — Lev Tolstoy «Anna Karenina» romanini yozishga kirishdi.
  • 1886-yil — Iogann Sukertortni yenggan Vilgelm Steynits shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioniga aylandi.
  • 1886-yil — AQShda «Sosa-Sola» sotila boshlandi.
  • 1940-yil — Angliya banki qalbakilashtirishdan yuqori darajada himoyalangan, orasidan ingicha metall ip o‘tkazilgan ilk qog‘oz pullarni chiqardi.
  • 1947-yil — Madagaskar tarixidagi eng yirik isyonlardan biri sodir bo‘ldi.
  • 1955-yil — Moskvada Y.Knozorov kandidatlik dissertatsiyasini himoya qildi (unga bir yo‘la fan doktori darajasi berildi). U mayya xalqi yozuvlarini o‘qiy olgandi.
  • 1961-yil — Vashingtonliklar (poytaxtliklar) ham AQShda ovoz berish huquqiga ega bo‘lishdi.
  • 1967-yil — Birinchi fransuz atom suvosti kemasi suvga tushirildi.
  • 1973-yil — Vetnam urushi tugadi.
  • 1974-yil — AQShning «Mariner 10» kosmik apparati Merkuriy sayyorasini suratga oldi.
  • 1974 yil — Xitoyning Sian shahri atrofida ikki ming yil avval ko‘milgan «Terrakot armiya»ni mahalliy aholi tasodifan topib oldi.
  • 1998-yil — Lissabonda Yevropadagi eng uzun ko‘prik ochildi.
  • 2010-yil — Moskva metrosiga terrorchilar xuruji. 

Tavallud kunlari

  • 1561-yil — Santorio Sanktorius, italyan shifokori, anatom, fiziolog, birinchi bo‘lib termometr va tomir urishini o‘lchagichni ishlatgan (1636-yili v.e.).
  • 1629-yil — Aleksey Mixaylovich, rus shohi (1676-yili v.e.).
  • 1790-yil — Jon Tayler, AQShning 10-prezidenti (1862-yili v.e.).
  • 1805-yil — Ejen Shnayder, fransuz tadbirkori, dunyoda birinchi bo‘lib bug‘da harakatlanuvchi lokomotiv va paroxodni qurgan.
  • 1918-yil — Sem Uolton, amerikalik tadbirkor, «Walmart» tarmog‘i asoschisi (1992-yili v.e.).
  • 1957-yil — Kristofer Lambert, fransuz kinoaktyori.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring