Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB: «Human»dan jabr ko‘rganlarga zararlarni qoplab berish jarayoni boshlandi

MIB: «Human»dan jabr ko‘rganlarga zararlarni qoplab berish jarayoni boshlandi

Foto: «Xabar.uz»

Kecha «Human xususiy bandlik agentligi» MChJ mansabdorlarining firibgarligidan jabr ko‘rgan bir guruh fuqarolar Mustaqillik maydonida to‘plangani, pirovardida, Bosh vazir bilan uchrashganliklari haqida  xabar bergan edik.

«Human» xususiy bandlik agentligi rahbari Sh.Fayzullayevning jinoiy harakatlari natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni ularning hisob raqamlariga tezkorlik bilan o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, ATIB «Ipoteka bank» hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlaridan iborat tarkibda hududlarda ishchi guruhlar tashkil etildi.

Shuningdek, jabrlanganlarga zararni undirish bo‘yicha Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga ijro hujjatlari ham kelib tushdi.

Jabrlanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ishchi guruhlarni «Ipoteka bank» viloyat filiallarida faoliyat olib borishlari belgilandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining hukmi bilan «Human» xususiy bandlik agentligi rahbari Sh.Fayzullayevning jinoiy harakatlari oqibatida jabrlanuvchi deb etirof etilgan va moddiy zarar undirilishi belgilangan fuqarolar o‘zlariga qulay bo‘lgan quyidagi manzillarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti) bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

«IPOTEKA BANK» HUDUDIY FILIALLARI:

T/R

Hududlar

Manzil

Telefon raqam

1

Andijon viloyati

Andijon sh. Anisi ko‘chasi 1-uy

(90) 268-18-88

2

Buxoro viloyati

Buxoro sh. Iqbol ko‘chasi 10-uy

(93) 682-82-84

3

Jizzax viloyati

Jizzax sh. Sharof Rashidov ko‘chasi 72-uy

(94) 199-70-05

4

Qashqadaryo viloyati

Karshi shahri. Mustaqillik ko‘chasi 49-uy

(97) 310-00-17

5

Navoiy viloyati

Navoiy sh. Memorlar ko‘chasi 1a-uy

(99) 381-71-51

6

Namangan viloyati

Namangan sh. Navoiy ko‘chasi 63-uy

(99) 362-90-55

7

Surxondaryo viloyati

Termiz sh. Mahmud Qoshg‘ariy 20-uy

(91) 589-28-25

8

Samarqand viloyati

Samarqand shahri. Firdavsiy ko‘chasi 75-uy

(97) 575-16-54

9

Sirdaryo viloyati

Guliston sh. A.Navoiy ko‘chasi 53-uy

(97) 224-85-85

10

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona sh. Qomus ko‘chasi 38-uy

(94) 550-95-95

11

Xorazm viloyati

Urgench sh. O‘zbekiston ko‘chasi 19-uy

(99) 500-88-86

12

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus shahri A.Ashurmatov ko‘chasi 97-uy

(91) 306-40-44

13

Toshkent shahar

Toshkent sh. Musaqillik shoh ko‘chasi 15-uy

(99) 488-22-45

14

Toshkent viloyati

Toshkent sh. Shirin ko‘chasi 40-uy

(93) 919-20-29

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring