Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Mo‘l-ko‘lchilikda nimaiki bo‘lsa, jonga tegadi» — purma’no arab maqollari

«Mo‘l-ko‘lchilikda nimaiki bo‘lsa, jonga tegadi» — purma’no arab maqollari

Dunyoda arab davlatlari ko‘p. Arablar Janubiy Sharqda va Shimoliy Afrikada istiqomat qilishadi. Arab davlatlaridan biri Birlashgan Arab Amirliklari bo‘lib, Arabiston yarim orolida joylashgan va 7 ta arab davlati (amirligi)dan iborat federatsiya hisoblanadi. Janub va g‘arbda – Saudiya Arabistoni, shimolda – Ummon, shimoli-g‘arbda – Qatar bilan chegaradosh. Poytaxti – Abu-Dabi. Hududi – 972 km².

Dunyo miqyosida arablar soni 350 million nafarga yaqin. Davlat tili – arab.

Diniy e’tiqodi – islom. Davlat pul birligi – dirham.

* * *

Xohlaganing bo‘lmasa, borini xohla.

Ojizlar ustidan zafar – mag‘lubiyatga teng demak.

Kimki o‘z fikrini majburan o‘tkazishga urinsa, bilki, halok bo‘lur.

Senda ikki narsa bo‘lmaganidagina qadrlanadi: yoshlik va salomatlik.

So‘ylayotganingda sukutdan ham a’lo bo‘lsin so‘zlaring.

Yaxshilik tilaydigan kishi yaxshilik qiladigan insonga o‘xshaydi.

Ilon o‘zining zahridan o‘lmas.

Haqiqatni qo‘llab-quvvatlash – nomus, yolg‘onni qo‘llab-quvvatlash esa – nomusning yo‘qolishidir.

Shoshqaloqlik ortidan pushaymonlik ko‘payar.

Shoxlarga qarab ildizlar haqida gapirmoq mumkin.

Eshakni boshqara olmaydigan odam uning egariga uradi.

Qari tuya pand bermas.

Har bir so‘zni eshitajak quloq bor.

Aqlli odam mehnatiga, ahmoq esa umidlariga ko‘z tutadi.

Mo‘l-ko‘lchilikda nimaiki bo‘lsa, jonga tegur.

Hovliqma qoniqmaydi, badjahl quvonmaydi, zeriktiradigan odam esa do‘st topolmaydi.

Dushmanlik hech bir sababsiz ro‘y bermas.

Tiling – tulporing: tutib turmasang, seni uloqtiradi.

Yaqinlarni yo‘qotgandan ko‘ra, do‘stlar ta’nasiga quloq tut.

Quyoshning soqqasini yopib bo‘lmaydi.

Kim xohlasa, so‘raganini yoki uning bir qismini topadi.

Til, bu – kesuvchi qilich, so‘z – sanchiluvchi o‘q.

Uyi shishadan bunyod bo‘lgan kishi boshqalarga tosh otmas.

«Dunyo xalqlari maqollari» kitobidan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring