Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident tanqidiga uchragan MXX va MAK, tergov qilingan murda, yonib ketgan chaqaloq, Rossiya-AQSh urushi, virtual hassa va boshqa xabarlar

Prezident tanqidiga uchragan MXX va MAK, tergov qilingan murda, yonib ketgan chaqaloq, Rossiya-AQSh urushi, virtual hassa va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 22-fevral kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Gurbanguli Berdimuhamedov bahorda O‘zbekistonga keladi

Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasida tashkil etilgan anjuman davomida Shiri Shiriyev 2017-yilda turkman-o‘zbek munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilganini ham alohida ta’kidladi.

Prezident Mirziyoyev o‘zbekistonliklarga oilaviy sayohatga chiqishni tavsiya qildi

Yig‘ilishda sohaga mas’ul davlat organlari rahbarlari, mas’ul xodimlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda mutasaddi idoralar vakillari, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar qatnashdi.

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston havo yo‘llari»ni keskin tanqid qildi

Foto: «President.uz»

Prezident sayyohlarning kayfiyatiga ta’sir qiladigan eng kichik jihatlargacha e’tibor qaratdi. Aeroportlar zallaridagi chiroqlar xiraligi, pasport nazorati kabinalari to‘liq ishlamasligi, uzundan-uzoq sun’iy navbatlar, taksi xizmati ko‘rsatuvchi xususiy avtomobil egalarining tartibsizligi kabi holatlarni yaxshilash bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.

Shavkat Mirziyoyev: «95 foiz elchimiz O‘zbekistonning na tarixini, na hozirgi ahvolini, na viloyatlarimizning sharoitini bilmas edi» (video)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatda turizm tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

To‘rtta rahbar beshta bo‘ldi. Prezident yana MXXni tanqid qildi

Prezident viloyat va tuman(shahar)lardagi beshta rahbar kabinetda qo‘r to‘kib o‘tirmasligi, xalqning orasida yurishi lozimligi, hududning rivoji yo‘lida bir musht bo‘lib ishlashi kerakligini alohida ta’kidlagan.

Jamiyat

Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

2015-yildan buyon Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Baxtiyor Raimov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.

Oqto‘ba fojiasidagi yong‘in sababi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Vazirlikning tergov departamenti Oqto‘ba viloyatida fojiali tarzda halok bo‘lgan 52 nafar o‘zbekistonlikning o‘limi yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 345 va 348-moddalari bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Denovda 23 yoshli shaxs terrorchilikda gumonlanib qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Guliston mahallasida yashovchi O‘tmas Mansurov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Xabarda O‘tmas 19 yoshida ishlash uchun xorijga chiqib ketgani, yurtimizga qaytib kelganidan so‘ng yurish-turishiyu, xatti-harakati o‘zgarib qolgani aytiladi.

Portlashda jabrlangan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, Qirg‘izistonlik hamkasblar bilan jabrlanganlarni shifokorlar nazoratida O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Navro‘zda besh kun dam olish kuni beriladi

Yig‘ilishda qatnashayotgan «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakilining ma’lumot berishicha, O‘zbekiston Prezidenti so‘z orasida Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklarga besh kun dam olish kuni berilishini bildirib o‘tgan.

Xorazmda o‘lgan odam so‘roq qilinib, sud unga hukm o‘qidi!

Barcha tadbirlar amalga oshirilgan, xullas, S.B.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, lekin ayblanuvchi sifatida so‘roq qilinishi lozim bo‘lgan fuqaro 2017-yilning 4-iyul kuni yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligi, miya shishi, koma holati, bosh miyada qon aylanishining gemorrogik tipda o‘tkir buzilishi kasalligi bilan olamdan o‘tgan.

Vizasiz rejim joriy etilgach, iyungacha bo‘lgan aviachiptalar 2 kunda sotib tugatilgan

Yig‘ilishda yangi xizmat va savdolar tashkil etish orqali valyuta tushumini ko‘paytirish masalasiga alohida ahamiyat qaratildi.

Andijonda e’tiborsizlik oqibatida kelib chiqqan yong‘in tufayli bir yoshli chaqaloq halok bo‘ldi

Yong‘in oqibatida uyning 25 kv.m. maydonida tomi, shifti va uy jihozlari yonib, zarar ko‘rgan.

Yangi qaror bilan hukumat va OAV o‘rtasidagi to‘siqlar olib tashlandi

Hujjatda, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining asosiy vazifalari belgilandi.

Texnologiya

O‘zbekistonda sayyohlar uchun qulay mobil aloqa va internet taqdim etiladi

Shuningdek, ikki turdagi telefon apparati yoki mobil routerni ijaraga berish xizmati ham ko‘rsatiladi.

«Microsoft» muhandislari ko‘zi ojizlar uchun VR-hassa yaratdi

Endilikda ko‘zida nuqsoni bor odamlar VR-hassadan foydalangan holda noma’lum bo‘lgan yo‘llarning virtual reallikni yaratib, undan bemalol hech qanday xavf-xatarsiz o‘tib olishi mumkin.

«Google»ning brendi endi O‘zbekistonda

Tadbirda 18 yosh va undan katta bo‘lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.

Sport

Umid Ahmadjonov xorijlik murabbiy bilan shartnoma imzolash uchun Dubayga uchib ketdi

Ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi xorijlik kuchli mutaxassis, jahon futbolidagi top murabbiy bo‘ladi.

Avto

O‘zbekistonning «Ravon»i «Porsche» va «Honda»ni ortda qoldirdi

Avtobrendlar orasida o‘tgan yil 12 oyi yakunlari bo‘yicha eng sezilarli o‘sishni O‘zbekistonning «Ravon» brendi (+333 foiz) qayd etdi.

Madaniyat

Taniqli shoir Mirpo‘lat Mirzo olamdan o‘tdi

Mirpo‘lat Mirzo
Foto: O‘zbekiston milliy kutubxonasi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Mirpo‘lat Mirzo Pasternak nomidagi Rossiya (1998), «Alash» nomli Qozog‘iston xalqaro mukofotlari (2001) sohibi bo‘lgan.

Yosh kitobxonga atalgan ikkinchi «Spark» Farg‘onaga ketdi

Murakkab shartlar, qizg‘in bahslardan so‘ng «Yosh kitobxon» tanlovining mutlaq g‘olibi aniqlanib, va’da qilingan Prezident sovg‘asi — ikkinchi «Spark» avtomobili ham o‘z egasini topdi.

Dunyo

AQShning sobiq mudofaa vaziri: «Rossiya va AQSh dahshatli urush ostonasida»

Biz AQSh va Rossiya o‘rtasidagi yadroviy xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi diplomatiyaga qaytishimiz kerak».

Meksikada kema portladi (video)

Jabrlanganlarning 20 nafari meksikalik, 3 nafari kanadalik va 2 nafari amerikalikdir. Ular hozirda shifoxonada davolanishmoqda.

AQShning Chernogoriyadagi elchixonasida portlash ro‘y berdi

Politsiya mazkur voqea yuzasidan tergov olib bormoqda, jinoyatchining o‘z joniga qasd qilish sabablari tekshirilmoqda.  Elchixona binosiga zarar yetmagan, xodimlardan ham hech kim jabrlanmagan.

Kiyevdagi «Moskva» ko‘prigi nomi o‘zgartirildi

Shuningdek, Kiyev shahar deputatlar kengashi «Drujba narodov» bog‘ini «Muromets» nomi bilan qayta nomlashga ovoz berishdi.

Tavsiya qilamiz

Qochoq, migrant va turist

Men imkonim va bilimim darajasida bu uchala toifaning kimligini tushuntirib berishga harakat qilaman.

O‘quvchini bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2015-yil 2-iyundagi «O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan, ota-onalar o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng farzandini bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish huquqiga ega.

Xorijdagi iqtidorlarimiz qaytadimi?

Prezident xorijda faoliyat yuritayotgan iqtidorli mutaxassislarimizni vatanga qaytishga da’vat qilmoqda. Chunki ular bizning bebaho intellektual boyligimiz. Shuning uchun yurtimizga qaytib, xalqimizga naf keltirishini hammamiz birdek istaymiz. Lekin, tan olaylik, ich-ichimizdan xotirjam emasmiz. «Ular qaytarmikan?» degan savol yuragimizni g‘ijimlab turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring