Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Radarlardan g‘oyib bo‘lgan samolyot O‘zbekiston osmonidan o‘tdi

Radarlardan g‘oyib bo‘lgan samolyot O‘zbekiston osmonidan o‘tdi

Amerikaning Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti O‘zbekiston havo hududiga ham kirgan.

Boeing kompaniyasi ishlab chiqargan 787-8 Dreamliner laynerining harakati 20 fevral kuni Flightradar24 xizmati ma’lumotlarida qayd etilgan.

Layner AQShning Merilend shtatida joylashgan Endryus harbiy-havo bazasidan parvoz qilgan. U Grenlandiya, Norvegiya va Finlyandiya havo hududlari orqali uchib o‘tgan. Shundan so‘ng samolyot Murmansk viloyati orqali Rossiya chegarasini kesib o‘tib, radarlardan g‘oyib bo‘lgan.

Samolyot monitoring xizmatlari tomonidan soat 09:10 da Qozog‘iston osmonida qayta qayd etilgan. Samolyotning bort raqami noma’lumligicha qolmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum Boeing samolyoti Qozog‘iston hududida pasayishni boshlagan.

So‘nggi ma’lumotlarga asosan, samolyot O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tgan va keyinchalik Qirg‘iziston havo hududiga kirgan.

Qayd etilishicha, bort raqami va samolyotning qaysi tashkilotga tegishli ekani Flightradar24 servisida aks etmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring