Uychi tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bungacha Shuhrat Musayev tumanga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Abdullayev Muzaffar Abdug‘aniyevich Uychi tumani hokimi etib tayinlandi.
Bugun xalq deputatlari Uychi tumani Kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Sessiyada deputatlar Namangan viloyati hokimining Musayev Shuhrat Mirsodiqovichni Uychi tumani hokimi vazifasidan ozod qilish va tuman kengashining deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qilish haqidagi qarorlarini tasdiqladilar.
Shuningdek, viloyat hokimining Abdullayev Muzaffar Abdug‘aniyevichni Uychi tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori bir ovozdan ma’qullandi.
Avvalroq Adham Karabayev Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlangandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter