Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nima uchun matbuot amalda to‘rtinchi hokimiyat darajasiga ko‘tarila olmayapti?

Nima uchun matbuot amalda to‘rtinchi hokimiyat darajasiga ko‘tarila olmayapti?

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Ayni daqiqalarda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan «OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari» mavzusida respublika konferensiyasi o‘tkazilmoqda.

«Hozirgi davrda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari asosiy axborot manbai hisoblanadi, – dedi Komil Allamjonov. – Afsuski, davlat tashkilotlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarishlar va yangiliklar o‘z vaqtida yoritilmayapti. Shuni hisobga olib, Agentlik tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari maqomi va mavqeini oshirish bo‘yicha Prezident qarori loyihasi tayyorlandi».

«Nima uchun matbuot amalda to‘rtinchi hokimiyat darajasiga ko‘tarila olmayapti, degan savolga, ko‘p omillar qatori vazirlik va idora rahbarlarining matbuot kotibi yoki axborot xizmatlariga nisbatan e’tiborsiz munosabatini asosiy sabab qilib ko‘rsatish mumkin», – dedi Agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva.

Mutaxassislar o‘z ma’ruzalarida axborot xizmatlarining ish yuritish tartibi, axborot tarqatish usul va mexanizmlari zamon talablariga mutlaqo mos emasligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarida axborot xizmatlari faoliyati deyarli olib borilmayotgani, davlat tashkilotlarida axborot xizmatlariga yetarlicha shtat birliklari ajratilmagani, axborot xizmatlarining moddiy-texnik bazasi yaratilmagani, sohaga malakali mutaxassislar yetarli darajada jalb etilmayotganini tanqid qildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring