Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqamlari va bank kartalarini tekshirishi mumkin bo‘ladi

Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqamlari va bank kartalarini tekshirishi mumkin bo‘ladi

Foto: Xabar.uz

2026 yil 1 oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) qator yangi xizmatlar joriy etiladi.

Xususan, jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari va avtomototransport vositalarini garovga yoki ipotekaga qo‘yishga, shuningdek, ularni begonalashtirishga taqiq qo‘yish yoki ushbu taqiqni bekor qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, fuqarolarning o‘z nomiga rasmiylashtirilgan va foydalanilayotgan telefon raqamlari va bank kartalari to‘g‘risida ma’lumot olish va ushbu jarayonni boshqarishning quyidagi imkoniyatlari yaratiladi:

  • telefon raqamini muayyan muddatga nofaol holatga o‘tkazish (faollashtirish) va o‘zi foydalanmayotgan telefon raqamlariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish haqida arizalar kiritish;
  • telefon raqami ulangan pulli xizmatlar haqida ma’lumot olish;
  • bank kartalarini bloklash (yopish) haqida emitentga arizalar yuborish;
  • fuqaroning nomiga yangi notarial harakat rasmiylashtirilganda avtomatik tarzda uni Yagona portal orqali xabardor qilish va ular hisobini yuritish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring