Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Insholar tanlovida qatnashib, noutbuk, planshet va smartfon yutib oling!

Insholar tanlovida qatnashib, noutbuk, planshet va smartfon yutib oling!

Foto: «Istemol.uz»

Respublika maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Men yosh iste’molchiman» mavzusidagi respublika insholar tanlovi o‘tkaziladi. Bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Tanlov joriy yilning 15-mart — 15-aprel kunlari uch bosqichda bo‘lib o‘tadi. Tanlovni o‘tkazishdan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish orqali aholining ayniqa yoshlarning iste’mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari targ‘ibotini tizimli olib borish, shuningdek yoshlarning iste’molchi sifatida bilim va ko‘nikmalarini  oshirish, eng zukko va iqtidorli iste’molchilarni aniqlash va rag‘batlantirish ko‘zlangan.

Tanlovda istalgan yoshdagi maktab o‘quvchilari qatnashishlari mumkin. Ko‘rik-tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi. Tuman (shahar) bosqichi 2018-yilning 15-martidan 24-martigacha o‘tkazilib, unda I, II hamda III o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ko‘rik-tanlovning hududiy bosqichida qatnashishadi. 2018-yilning 26—31-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan hududiy bosqichda 1—2-o‘rinni egallagan ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining insholari tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etiladi. Respublika bosqichi esa 2018 yil-aprel oyining birinchi o‘n kunligida tashkillashtiriladi.

Insholar 100 balli mezonda baholanadi. Ijodiy ishlar qo‘lyozma shaklida, o‘zbek yoki rus tilida yozilishi, tanlangan mavzu hayotiy, sodda misollar bilan aniq va mantiqli yoritilishi kerak. Ko‘chirmachilik (pliagiat) holatlari aniqlangan insholarning muallifi tanlovdan chetlatiladi.

Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:

— maktab o‘quvchisi bo‘lishi (sinfi chegaralanmagan);

— inshoni o‘zi mustaqil yozishi;

— inshoga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi), o‘qish joyidan ma’lumotnoma, ikki dona rangli fotosurat taqdim qilinishi lozim.

Tanlovga oid boshqa ma’lumotlar bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi rasmiy saytidan tanishishingiz mumkin.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring