Har kuni muzqaymoq yesak nimalar bo‘ladi?
Jazirama issiqda bir dona muzqaymoq yeyish haqiqiy huzur. Ammo ushbu shirinlikni har kuni muntazam iste’mol qilsak, sog‘lig‘imizda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? Bu shunchaki shirinxo‘rlikmi yoki organizm uchun yashirin foydalar xazinasi? Keling, ushbu savollarga tibbiy tadqiqotlar va fan nuqtai nazaridan javob izlaymiz.
Muzqaymoq asosan sut va qaymoqdan tayyorlangani bois, u tabiiy kalsiy manbai hisoblanadi. Har kuni muzqaymoq yeyish organizmni kalsiyga to‘yintiradi, bu esa suyaklar va tishlar salomatligi uchun juda muhim.
Garvard sog‘liqni saqlash maktabi (Harvard T.H. Chan School of Public Health) tadqiqotlariga ko‘ra, sut mahsulotlaridan olinadigan kalsiy suyak yemirilishi xavfini kamaytiradi. Shuningdek, u sut oqsili hisobiga oqsilga bo‘lgan kundalik ehtiyojni qisman qondiradi, bu esa mushaklar tiklanishi uchun nihoyatda zarur.
Ko‘pchilik sovuq mahsulotlar tomoqni og‘ritadi deb o‘ylaydi, vaholanki, me’yorida yeyilgan sovuq shirinlik tomoqdagi mahalliy immunitetni oshiradi va tomirlarni chiniqtiradi.
Og‘iz bo‘shlig‘i va qizilo‘ngachda sezilgan sovuqlik asab tolalari orqali yurakka reflektor tarzda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yurak urishini mo‘’tadillashtirishga yordam beradi.
Muzqaymoq yeyish insonga quvonch bag‘ishlashi ilmiy isbotlangan. Uning tarkibidagi L-triptofan aminokislotasi kayfiyatni ko‘taradi va antidepressant ta’sirga ega.
London Asab kasalliklari instituti olimlari tomonidan o‘tkazilgan neyrovizualizatsiya tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, muzqaymoqning atigi bir qoshig‘i bosh miyadagi qoniqish va baxt uchun mas’ul bo‘lgan "orbitofrontal korteks" qismini bir lahzada faollashtiradi. tayyorlangan mahsulot organizmning V guruh vitaminlariga bo‘lgan talabini qondiradi. Agar siz sifatli, tabiiy yogurtli yoki tirik laktobakteriyalar bilan boyitilgan muzqaymoq iste’mol qilsangiz, u ichak mikroflorasini tiklashga ham xizmat qiladi.
Xorijiy reproduktologlarning (jumladan, Garvardda o‘tkazilgan "The Nurses Health Study" yirik tadqiqoti) aniqlashicha, muzqaymoqni me’yorida iste’mol qilish ayollarda ovulyasiya jarayonini yaxshilaydi va bepushtlikning oldini olishga yordam beradi. Tarkibidagi fosfor va kalsiy foizlari erkaklarga qo‘shimcha quvvat beradi va mushaklar tonusini ushlab turadi.
Har kuni muzqaymoq yeyishning ijobiy tomonlari ko‘p bo‘lsa-da, tanganing ikkinsi tomoni ham bor. Agar mahsulot sifatsiz bo‘lsa, yuqoridagi foydalarning barchasi chippakka chiqadi.
Sun’iy bo‘yoqlar, ta’m beruvchilar va konservantlar (ayniqsa arzon palma yog‘i) qo‘shilgan muzqaymoqlarni yemaganingiz ma’qul! Ular qonda xolesterinni oshiradi va ichak faoliyatini buzadi.
Agar sizda laktozaga sezuvchanlik bo‘lsa yoki haddan tashqari shakarli mahsulot yesangiz, bu yuzdagi husnbuzarlarni ketkazmaydi, aksincha, ularni ko‘paytirib yuborishi mumkin. Shu bois, terisida muammosi bor insonlarga shakarsiz va tabiiy sorbetlar tavsiya etiladi.
Har kuni yuqori kaloriyali, shokolad va siropli muzqaymoq yeyish vazn ortishi va qonda shakar miqdorining keskin tebranishiga (insulin rezistentligiga) olib kelishi mumkin.
Agar siz har kuni muzqaymoq yeyishni odat qilmoqchi bo‘lsangiz, uning tarkibiga e’tibor bering. Eng maqbul tanlov tarkibida shakar miqdori kam bo‘lgan, sof qaymoq va sutdan tayyorlangan yoki mevali sorbetlardir. Kuniga 100-150 gramm tabiiy muzqaymoq sog‘lig‘ingizga faqatgina foyda va yuqori kayfiyat bag‘ishlaydi!


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter