Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash bo‘yicha trening o‘tkazildi

Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash bo‘yicha trening o‘tkazildi

«Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash ijtimoiy xizmatning qonuniy asoslari»
mavzuida trening bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» IATM tomonidan Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magi va DVV International vhc (Xalq universitetlari nemis Assotsiyaatsiyasining O‘zbekistondagi filiali) loyihasi asosida hamkorlikda tashkil etilgan treningda «Oila»IATM Toshkent viloyat boshqarmasi va uning 22 ta hududiy bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdi.Bu haqda Markaz matbuot xizmati xabar berdi.

Treningda «Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi va ehtiyojmand oilalar»,«Inson huquqlari va manfaatlari bo‘yicha xalqaro me’yoriy hujjatlar» va «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan ayollar bilan ishlashning o‘ziga xosligi va me’yoriy-qonuniy asoslari» mavzularidagi ma’ruzalar tinglandi. Mavzuga oid tayyorlangan slaydlar, ular asnosida o‘tkazilgan savol-javoblar tinglovchilarni nafaqat yangi qonun-qoidalardan, balki amaliy bilim va ko‘nikmalardan voqif qildi.

Bu treningda malakali mutaxassislardan «Oila» IATM markazi Qonunchilikni takomillashtirish bo‘lim boshlig‘i Gulnora Ishanxanova, psixolog, ekspert Venera Ermetova va advokat, ekspert Shaxzoda Pulatova va DVV International vhc vakillari Tatyana Zaichenko, Irina Razilovalar tomonidan oila, oilani mustahkamlash bo‘yicha yanada kengroq tushunchalar berildi.

Ayniqsa,«Da’vat etmang. O‘rnak bo‘ling!» mavzusidagi so‘rovnoma roligi namoyish etilishi ishtirokchilarda alohida taassurot qoldirdi.

Treningning ikkinchi kunida aholi bilan ishlaydigan ijtimoiy soha mutaxassislari uchun zarur ko‘nikmalar berildi.

«Tibbiy yordamga muhtoj oilalarning ijtimoiy himoyasi», «Aholining turli ijtimoiy qatlamlarining o‘ziga xosligidan kelib chiqib munosabat va muloqot o‘rnatish asoslari» va «Ijtimoiy jihatdan zaif aholi, ehtiyojmand oilalar bilan ishlashda ijtimoiy sheriklik» ning roli haqida olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.

Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan ayollar bilan ishlashning huquqiy asoslari yoritildi.

Ayniqsa, ijtimoiy jihatdan xavfli kasalliklarga chalingan a’zolari bor oilalar bilan ijtimoiy ish asoslari va ularning huquqiy himoyasi, nogironi bor oilalar bilan ishlash bo‘yicha o‘tkazilgan muhokamalar tinglovchilar faoliyati uchun dasturilamal bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring