Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Oltin qalam» g‘oliblari oladigan pul mukofoti miqdori ma’lum qilindi

«Oltin qalam» g‘oliblari oladigan pul mukofoti miqdori ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh mukofot sohibi maxsus diplom, «Oltin qalam» ko‘krak nishoni, statuetkasi va bazaviy hisoblashning 200 barobari miqdorida (ya’ni 54 000 000 so‘m) pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan o‘takzilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilda o‘tkazilayotgan «Oltin qalam» XVI tanloviga 435 nafar ishtirokchi 5 000 ga yaqin ijodiy ishlarini topshirgan. Ular orasida Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika qit’asidan qatnashyotgan jurnalistlar ham bor. 

«Oltin qalam» XVI tanlovida ilk bor qabul qilingan materiallarni onlayn baholash yo‘lga qo‘yildi. Har bir yurtdoshimiz jurnalistlar.uz sayti orqali tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari bilan tanishib chiqib, baholab ovoz berishi mumkin.

Mukofot jamg‘armasi miqdori juda salmoqli bo‘lib, g‘oliblar uchun quyidagi mukofotlar ta’sis etilgan:

Jurnalistika sohasida Bosh milliy mukofot. G‘olib maxsus diplom, «Oltin qalam» ko‘krak nishoni, statuetkasi va bazaviy hisoblashning 200 barobari miqdorida (ya’ni 54 000 000 so‘m) pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Asosiy mukofotlar:

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (televideniye – 1-, 2-, 3-o‘rinlar); Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (radio – 1-, 2-, 3-o‘rinlar); Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (bosma OAV – 1-, 2-, 3-o‘rinlar); Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (internet-jurnalistika – 1-, 2-, 3-o‘rinlar).

Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun – 1 ta birinchi o‘rin, 4 ta ikkinchi o‘rin (bosma OAV, TV, radio, internet).

Birinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, «Oltin qalam» ko‘krak nishoni, statuetkasi va bazaviy hisoblashning 160 barobari miqdorida (ya’ni 43 200 000 so‘m) pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Ikkinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, «Oltin qalam» ko‘krak nishoni, statuetkasi va bazaviy hisoblashning 140 barobari miqdorida (ya’ni 37 800 000 so‘m) pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Uchinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, «Oltin qalam» ko‘krak nishoni, statuetkasi va bazaviy hisoblashning 120 barobari miqdorida (ya’ni 32 400 000 so‘m) pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Shu bilan birga, «Inson qadrini ulug‘lashga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallari uchun»; «Mahalla, oila va gender tenglik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun»; «O‘zbekiston tarixi yoritilgan eng yaxshi material uchun»; «OAV bilan eng faol hamkor axborot xizmati»; «Eng yaxshi fotoreportaj» rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari  bo‘yicha «Oltin qalam» statuetkasi va bazaviy hisoblashning 50 barobari miqdorida (ya’ni 13 500 000 so‘m) pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

«Oltin qalam» XVI tanlovida xalqaro tashkilotlar va chet davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari tomonidan nominatsiyalar e’lon qilingan.

Tanlov g‘olib va sovrindorlariga mukofotlar shu yil 4 may kuni «Turkiston» san’at saroyida tantanali taqdirlash marosimida topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring