Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltita xususiy bandlik agentligi litsenziyasi to‘xtatildi

Oltita xususiy bandlik agentligi litsenziyasi to‘xtatildi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 7-dekabrdagi tegishli qarorlari bilan 6 ta xususiy bandlik agentligi litsenziyasi tugatildi.

Vazirlik huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida BHMning 8500 baravari miqdoridagi mablag‘larni zaxira sifatida to‘ldirmagani sababli quyidagi xususiy bandlik agentliklarining litsenziyalari 10 kun muddatga vaqtincha to‘xtatildi:

1. «Mirai recruitment agency xususiy bandlik agentligi» MChJ;

2. «Reiwa xususiy bandlik agentligi» MChJ;

3. «Turon world cooperation xususiy bandlik agentligi» MChJ;

4. «Priority international xususiy bandlik agentligi» MChJ;

5. «Specialist group xususiy bandlik agentligi» MChJ;

6. «Jyonan-staff Business xususiy bandlik agentligi» MChJ.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring