Oqdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida Mahmudov Temur Asomidinovich Oqdaryo tumani hokimi etib tayinlandi.
T.Mahmudov tayinlovga qadar Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Oqdaryoga 2021 yil dekabr oyidan buyon Sherzod Qudratov hokimlik qilib kelayotgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter