Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Otabek Murodov yirik tadbirda ko‘rinish berdi. Mish-mishlar asossiz...mi?

Otabek Murodov yirik tadbirda ko‘rinish berdi. Mish-mishlar asossiz...mi?

Ijtimoiy tarmoqlar va internet OAVlarda Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi rahbariyatida kadrlar o‘zgarishi kutilayotgani haqidagi xabarlar tarqatilishda davom etmoqda.

Garchi, mart oyi boshlarida O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘z lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlar idora matbuot xizmati rahbari tomonidan rad etilgan bo‘lsa-da, mish-mishlar oqimi hamon to‘xtagani yo‘q.

«Bu xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Bosh prokuror Otabek Murodov rahbarligida doimgidek faoliyat ketmoqda. Hech bir uydirma gapga o‘rin yo‘q!» – degandi o‘shanda matbuot kotibi Surayyo Rahmonova.

2019-yilning 7-mart kuni Nukus shahrida Prezident maktabining qurilishiga bag‘ishlangan marosimda Bosh prokuror Otabek Murodovning ishtirok etgani uning iste’fosi haqidagi mish-mishlarni yana bir bor inkor qildi.

Oradan ma’lum vaqt o‘tib, yana ushbu mavzu ko‘tarildi va ijtimoiy tarmoqlarda iste’fo haqida yangi ma’lumotlar qalqib chiqa boshladi. Ammo bu safar ham oradan hech qancha vaqt o‘tmasidan taxminlarni yo‘qqa chiqaradigan holat kuzatildi.

«Xabar.uz» manbasining bildirishicha, kecha, 15-mart kuni Toshkent shahridagi «Humo Arena» ko‘p tarmoqli muz saroyining tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan martabali mehmonlar orasida Bosh prokuror Otabek Murodov ham bo‘lgan. Demak, bu fakt bosh prokurorning iste’fosi haqidagi xabarlarni o‘z-o‘zidan yana asossizga chiqaradi.

Eslatib o‘tamiz, bugun tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston prokuratura organlari tizimida ayrim lavozim (jumladan, Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimlarining ikkita shtat birligi) va boshqarmalar tugatildi. Shuningdek, Agrosanoat inspeksiyasi Bosh prokuraturadan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring