Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi». G‘olibalar taqdirlandi (foto)

«O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi». G‘olibalar taqdirlandi (foto)

Foto: «Xabar.uz»/I.Dushanov

Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston ixtirochi ayollari markazi tomonidan tashkil etilgan «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» II respublika tanlovi g‘olibalarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning birinchi bosqichida mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlariga o‘z texnik loyihalari, ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarini joriy etish yo‘lida mehnat qilayotgan 4 mingdan ziyod xotin-qiz o‘z ixtirolari, innovatsion g‘oya, texnologiya va loyihalari bilan ishtirok etdi. Eng yaxshi ijodiy ishlar, ixtirolar, ishlanmalar mualliflari loyihaning yakuniy bosqichiga tavsiya etildi.

Tanlov yakunida «Eng yaxshi ixtiro», «Eng yaxshi foydali model», «Eng yaxshi sanoat namunasi», «Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi», «Eng samarali innovatsion loyiha“ (fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha), «Eng yaxshi biznes loyiha“ (iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha), «Omadli start» (o‘z kichik korxonalarida innovatsion mahsulotlarni joriy qilmoqchi bo‘layotgan tadbirkor xotin-qizlar uchun), «Hunarmand xotin-qizlarning eng yaxshi innovatsion loyihasi», «Ijtimoiy soha bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyiha», «Iqtidorli qizning istiqbolli innovatsion g‘oyasi» kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva so‘zga chiqdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring