Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston pomidorlarida xavfli virus aniqlandimi?

O‘zbekiston pomidorlarida xavfli virus aniqlandimi?

Foto: Xabar.uz

Bugun Telegram tarmog‘idagi bir nechta kanallarda «Ogoh bo‘ling: O‘zbekiston pomidorlarida xavfli virus aniqlandi» sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga Qozog‘iston telekanalining «24KZ» telekanali orqali namoyish etilgan lavha asos bo‘ldi.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida tezkor surishtiruv va o‘rganishlar olib borilib, dastlabki natijalarga ko‘ra Qozog‘iston tomoni O‘zbekistondan import bo‘lgan pomidor mahsulotlarida pomidor jigarrang virusi (Tomato brown rugose fruit virus) va boshqa karantin kasalliklar aniqlanganligi yuzasidan mahsulotlarni orqaga qaytarish holati kuzatilmagan va e’tiroznoma (notifikatsiya) jo‘natmagan.

Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston va Qozog‘iston karantin xizmatlari o‘rtasida tezkor ravishda muzokara olib borilib, ushbu tarqalgan xabarga izoh bergan fitosanitariya xizmatining Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududiy inspeksiyasi rahbari I.Begasilov pomidor jigarrang virusi aniqlanish holati yuzasidan import bo‘lgan 43 tonna pomidor mahsulotida aynan O‘zbekistondan yuklangan mahsulotida xavfli virus qayd etilmaganini telefon muloqotida tasdiqladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring