Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston temir yo‘llari» xalqaro poyezd yo‘nalishlariga chegirmalar e’lon qildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» xalqaro poyezd yo‘nalishlariga chegirmalar e’lon qildi

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ uzoq masofalarda harakatlanuvchi poyezdlarda yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida chegirma va imtiyozlar joriy etdi.

Kompaniya matbuot xizmati xabar berishicha, yo‘lovchilar Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududlaridan o‘tadigan xalqaro yo‘nalishdagi poyezdlarda mazkur chegirmalardan foydalanishi mumkin.

Muddatidan oldin chiptani xarid qilish vaqti bo‘yicha quyidagilar belgilanadi:

- chipta poyezdning jo‘nash kunidan 45—41 kun oldin xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 55 foiz;

- chipta poyezdning jo‘nash kunidan 40—31 kun oralig‘ida xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 45 foiz;

- chipta poyezdning jo‘nash kunidan 30—6 kun oldin xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 35 foiz

- chipta poyezdning jo‘nash kunidan 45—41 kun oldin xarid qilinsa, platskart vagonlar uchun 45 foiz;

- chipta poyezdning jo‘nash kunidan 40—31 kun oralig‘ida xarid qilinsa, platskart vagonlar uchun 35 foiz;

- chipta poyezdning jo‘nash kunidan 30—6 kun oralig‘ida xarid qilinsa, platskart vagonlar uchun 25 foiz.

Poyezd jo‘nashiga qancha kam vaqt qolishiga qarab chegirmalar ham kamayib boradi. Besh kun qolganda esa chiptalar belgilangan narxda sotiladi. Belgilangan chegirmalar mahalliy yo‘nalishlarda joriy etilmaydi.

Yuqoridagi imtiyozlar, chegirmalar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, «Qazakstan temir jo‘li milliy kompaniyasi» AJ, «Rossiya temir yo‘llari» OAJ temir yo‘li ma’muriyati bilan hamkorlikda amalga oshirilishi belgilangan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring