O‘zbekistonda tosh davri tarixi 320 ming yilgacha qadimiylashishi mumkin
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Arkutsoy paleolit yodgorligida olib borilayotgan qazishmalarda inson tomonidan ishlov berilgan qadimiy tosh buyumlar topildi.
O‘zbekiston va Rossiya olimlarining dastlabki geologik va paleoiqlimiy tahlillariga ko‘ra, eng muhim topilmalar aniqlangan qatlam taxminan 320–280 ming yil avval shakllangan bo‘lishi mumkin.
Agar bu sanalar mustaqil laboratoriya tahlillari bilan tasdiqlansa, Arkutsoy O‘zbekistonda hozirga qadar ma’lum bo‘lgan eng qadimgi arxeologik yodgorlik sifatida e’tirof etilishi mumkin.
Olimlar topilmalar qadimgi insonlar mazkur hududni bir necha bosqichda o‘zlashtirganini ham ko‘rsatayotganini qayd etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter