Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondan Rossiya va Qozog‘istonga qatnaydigan ayrim yo‘nalishdagi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistondan Rossiya va Qozog‘istonga qatnaydigan ayrim yo‘nalishdagi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi

Foto: «protoday.uz»

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Qozog‘istonning Aris shahridagi harbiy qismda yuz bergan portlash munosabati ayrim poyezdlar harakatlanishi vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Kompaniya bayonotida aytilishicha, «Qazaqstan temir joli» milliy kompaniyasi AJ tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Quyidagi yo‘lovchi poyezdlarining Aris stansiyasi orqali harakati qayta ishga tushishiga qadar vaqtincha to‘xtatiladi:

  • №5/6  Toshkent – Moskva
  • №149/150  Andijon – Moskva
  • №315/316  Toshkent – Qozon
  • №369/370  Toshkent – Novosibirsk
  • №381/382  Toshkent – Ufa
  • №365/366  Toshkent – Chelyabinsk
  • №321/322  Olmaota – Nukus
  • №2/1  Olmaota – Toshkent

Mazkur yo‘nalishlar uchun chiptalarni sotib olgan yo‘lovchilar temir yo‘l kassalariga yo‘l hujjatlari (chiptalari)ni taqdim etgan holda ularga chiptalarning qiymati to‘laligicha qaytariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring