Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga pochta orqali marixuana yuborilgani aniqlandi

O‘zbekistonga pochta orqali marixuana yuborilgani aniqlandi

Foto: Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati

Rossiya Federatsiyasidan pochta jo‘natmalari orqali Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroga 10 dona, Toshkent viloyati Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroga 2 dona, Andijon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroga 5 dona marixuana urug‘lari yuborilgan. Bu haqda «Xabar.uz»ga Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, xuddi shunday holat Xuddi shunday holat Ukraina va Belorussiyadan yuborilgan pochta jo‘natmalari orasida ham qayd etildi. Xususan, ushbu davlatlardan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolarga jami 21 dona nasha va marixuana urug‘lari yuborilgan.

Foto: Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati

«Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Bojxona tekshiruvlari va surishtiruv bo‘limi tomonidan mazkur holatlar yuzasidan tegishli tekshiruv harakatlari olib borilib, ish materiallari yuritildi hamda qonuniy hal qilish uchun tegishli sud idorasiga yuborilgan.

Sud qarorlariga asosan bojxona organlari tomonidan vaqtincha olib qo‘yilgan marixuana o‘simligi urug‘lari endilikda tegishli tarzda yo‘q qilinadi», deyiladi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2008 yil 12 avgustda Jenevada imzolangan Xalqaro pochta konvensiya hamda Adliya vazirligida 2011 yil 18 aprelda 2219-son bilan ro‘yxatga olingan Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga asosan pochta jo‘natmalari orqali giyohvandlik vositalarini jo‘natilishi taqiqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring